Davomat, vazifalar, ombor, smenalar va hisobotlar — bitta tizimda. Direktor uchun web, xodimlar uchun Telegram. Sodda, tez, ishonchli.
Direktorga to'liq nazorat, menejerga smena boshqaruvi, xodimga oddiy Telegram bot. Hech kim ortiqcha funksiya bilan chalg'imaydi.
Bir qarashda do'kon holati: bugungi savdo, davomat, ogohlantirishlar. Tahrir, qo'shish, o'chirish — to'liq nazorat web brauzerdan.
Joriy smena holati: kim ishlamoqda, qancha sotildi, qanday muammolar bor. Smena boshlash va yopish — bir tugma bilan.
Yangi dastur o'rnatish shart emas — Telegram orqali ochiladi. Davomat, vazifalar va statistika — barchasi telefonda, 3 tap bilan.
Xodimning ish joyida ekanligini selfie video va GPS lokatsiya tasdiqlaydi. Aldash, kech kelishlarni yashirish — endi mumkin emas.
Do'koningiz hajmiga mos tarif tanlang. Istalgan vaqtda o'zgartirishingiz mumkin.
Telegramda admin'ga yozing — 14 kun bepul kirish kodini olasiz.
Karta talab qilinmaydi. Bir kechada o'rnatamiz.